“Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
27.04.2026
Xorazm viloyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi
PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, suv xo‘jaligi sohasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ilmiy yechimlarga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”
ijrosi doirasida Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbir doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
"Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti
Q.Yakubov, "Maxsus suv qurilish" MChJ direktori I. Qardashov hamda
"Palvon-Gazovat" ITB boshlig‘i R.Sabirovlar o‘rganishlar olib borishdi.

Xonqa tumani “Qoramazi” mahallasida aholi xonadonlari va
684,0 gektar tomorqa yer maydonlarini suv taminoti yaxshilash maqsadida mahalla
xududidan oqib o‘tuvchi uzunligi 5,4 km suv o‘tkazish qobiliyati 1metr.kub/sekund
bo‘lgan "Zargar yab" ichki kanalni betonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Xozirgi kunda kanalning 2,5 km uzunlikdagi qismi betonlashtirilgan qismi joyiga
chiqib ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish
va betonlashtirish ishlari sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish
yuzasidan tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.