O‘zbekiston–Koreya: Kasbiy Ta’limni rivojlantirishda yangi bosqich

27.04.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

2026-yil 24-aprel kuni sanasida Ozbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligida Bilim va malakalarni baholash agentligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiMilliy tadqiqot universiteti va Keymyung Kollej Universiteti jamoalari ishtirokida kasbiy talim tizimini xalqaro darajada rivojlantirish maqsadida muhim xalqaro uchrashuv bolib otdi.

 

      Keimyung Kollej Universitetidan xalqaro ekspertlar Lee Dongjun, Lee Sungha, Kim Yelim, Nam Jisung, Park Jiyeon va  “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti dotsenti Go‘zal Eshchanova,   Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-ta’limiy amaliy markaz direktori Nasim Lutfiyev va Marketing va Rejalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis, PhD, dotsent Nargiza Xaliqova boshqalar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida “LUPIC – Leading Universities Program for International Cooperation (2024–2029)” xalqaro dasturi doirasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti, Keimyung Kollej Universiteti va Bilim va malakalarni baholash agentligi xamkorligida uch tomonlama memorandum imzolandi.

 

DEISC (Digital Education Innovation Support Center) markazi va raqamli ta’lim hamkorligi bo’yicha memorandum doirasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti  tarkibidagi DEISC markaz faoliyatini rivojlantirish muhim yo‘nalishlar aniqlandi:

-texnikum o‘qituvchilarining malakasini oshirish,

- Koreya tajribasi asosida xalqaro treninglar (onlayn va oflayn)

-raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish

-amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv metodikalarni ishlab chiqish amalga oshiriladi.

Hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida MULTILEVEL sertifikatlash tizimi va assessment (baholash) tizimini joriy etish belgilandi.


Ushbu tizimlar:

  • o‘qituvchilar va texnikum bitiruvchilarining kompetensiyalarini bosqichma-bosqich baholash
  • xalqaro va milliy standartlarga mos sertifikatlash tizimini yaratish
  • ta’lim sifatini oshirishimkonini beradi.

Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining boy tajribasidan foydalangan holda:

  • texnikum talabalari va bitiruvchilarini qabul qilish jarayonida zamonaviy assessment mexanizmlari joriy etiladi bilim va ko‘nikmalarni adolatli va xalqaro mezonlar asosida baholash tizimi kuchaytiriladi 

“2+2” xalqaro ta’lim dasturi bo’yicha “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Keimyung Kollej Universiteti hamkorligida: 2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Koreyada ta’lim olish imkonini beruvchi bu tizim xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik quyidagi yonalishlarga kasbiy ta’lim sifatini oshirish

  • raqamli transformatsiyani jadallashtirishmehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashxalqaro talim va baholash tizimlarini integratsiya qilish
  • O‘zbekiston–Koreya hamkorligini kengaytirishni yanada keng yolga qoyishga yordam beradi

Imzolangan uch tomonlama memorandum kasbiy ta’lim tizimida MULTILEVEL sertifikatlash va assessment tizimini joriy etish, universitetdagi DEISC markazi faoliyatini rivojlantirish, hamda “2+2” xalqaro dasturini kengaytirish orqali O‘zbekiston-Koreya ta’lim hamkorligini yangi strategik bosqichga olib chiqishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi.