Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuv
28.04.2026
Joriy yilning 27- aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova mas’ulligida "Iqtisodiyot" fakulteti talaba qizlari ishtirokida
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Isroilova Baxtijon Baxrom qizi bilan ochiq davra suhbati o'tkazdilar.
Bilim, iste’dod, tashabbus va ibratli faoliyati bilan tengdoshlariga namuna bo'layotgan qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanish Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanini ta'kidladilar.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu- intilishlarini qo‘llab- quvvatlash, iqtidor va salohiyatini ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Baxtijon Isroilova o‘z izlanishlari va yutuqlari haqida so‘z yuritadilar. Tadbirda Universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi dotsent Umida Ravshanovna ham ishtirok etib, o'z fikr mulohazalarni bildiradilar. Ochiq davra suhbati qizg'in savol-javoblar bilan davom etib, talaba qizlarning ilm-fan, ta’lim, ijod va jamoatchilik hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati