“Madaniyatlar kuni” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi

28.04.2026

#Ma`naviyat

Bugun Ekologiya va huquq fakulteti O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasining 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Madaniyatlar kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir talabalarda turli millat va elatlarning urf-odatlari, milliy qadriyatlari hamda boy madaniy merosiga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Turkiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Hindiston, Avstraliya, Koreya, Germaniya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarning rang-barang madaniyati keng namoyish etildi.

Ishtirokchilar tomonidan:

 - milliy raqslar,

 -sahna ko‘rinishlari,

 - milliy taomlar taqdimoti,hamda zamonaviy prezentatsiyalar orqali turli xalqlarning madaniy merosi yorqin ifodalandi.

Ayniqsa, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar hamda milliy liboslar namoyishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy taomlar burchaklari esa tadbirga o‘ziga xos iliq va samimiy muhit bag‘ishladi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi. Shuningdek, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.