“TIQXMMI” MTU “Tillar” kafedrasi va hamkorlik aloqalari
29.04.2026
2026 yilning 24-25 aprel kunlari “TIQXMMI” MTUning “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetiga “Sun’iy intellekt filologiya ta’limida individual o‘qitish instrumenti sifatida” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etish va Turkiston shahridagi maktab direktorlari o‘rtasida seminar-treninglarni o‘tkazish uchun safar xizmatida bo‘lishdi.

“Tillar” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori,
professor Sh.Abdullaeva “Tillarni o‘qitishda sun’iy intellektni qo‘llash: tajriba
va natijalar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi va “TIQXMMI” MTUda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar, xorij talabalarini o‘qitishdagi tajribalar
haqida so‘zlab berib,
ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Anjuman yuqori saviyada tashkil qilingan
bo‘lib, unda xorij davlatlarining ekspertlari qatnashdilar.”
Universitet matbuot xizmati