Monitoring jarayoni: LUPIC loyihasi doirasida Keymyung Kollej Universiteti delegatsiyasining universitetimizga tashrifi
29.04.2026
2026-yil
24-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Janubiy Koreyaning
Keymyung Kollej Universiteti vakillari professor Lee Sungha va Kim
Yelim tashrif buyurishdi. Tashrif xalqaro LUPIC (Leading Universities
Program for International Cooperation) loyihasi doirasidagi monitoring
jarayoni doirasida amalga oshirildi.
Monitoring
davomida mehmonlar universitetda Kasbiy Ta’lim Yo‘nalishi uchun
ajratilgan ikki qavatli bino, shuningdek DEISC (Digital Education
Innovation Support Centre) markazi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek,
Mexatronika texnikumi va laboratoriyalarning holati, olib borilayotgan
ta’mirlash va modernizatsiya ishlari ham ko‘zdan kechirildi.
Monitoring
jarayonida “Capacity Building Project” doirasidagi ishlar taqdim etildi.
Mazkur loyiha Janubiy Koreyaning ODA granti asosida moliyalashtirilgan bo‘lib,
umumiy byudjeti 1 milliard 666 million KRW (2024–2029) ni tashkil etadi.
2025–2026-yillar uchun 400 million KRW ajratilgan.
Loyiha
doirasida quyidagi yutuqlar qayd etildi:
- Mexatronika texnikumi va DEISC markazi
uchun 157 500 000 KRW qiymatidagi kompyuter va uskunalar Janubiy
Koreyadan olib kelinib, foydalanishga topshirildi
- Xalqaro trening va malaka oshirish
kurslari tashkil etilmoqda
- GSK stipendiyasi asosida universitetning 2
nafar magistr talabasi Keimyung College Universityda 6 oylik stajirovkaga
qabul qilindi
- Mexatronika va DEISC yo‘nalishlari
bo‘yicha 10 ta darslik Koreya va O‘zbekiston hamkorligida chop etildi
- Scopus va xalqaro ilmiy maqolalar
hammualliflikda nashr etildi
- Konferensiya va forummlar muntazam tashkil
etilmoqda
- Global Students Technical
Program
doirasida joriy yilning dekabr oyida universitetimiz va Keymyung
kollej universitetdan ning 25 nafar talaba ishtirokida Samarqand shahrida
xalqaro dastur o‘tkazildi
Monitoring
jarayonida dotsent Go‘zal Eshchanova delegatsiyaga loyiha doirasida
amalga oshirilgan barcha ishlar, binoning ta’mirlash jarayonlari hamda
Koreyadan keltirilgan uskuna va kompyuterlarning mutaxassislar tomonidan
o‘rnatilishi va ishga tushirilishi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tashrif
yakunida koreyalik ekspertlar loyiha doirasida erishilgan natijalarni ijobiy
baholab, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va
takliflarini bildirdilar.