O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan

29.04.2026

#Rektordan #Yangilik

Qashqadaryo viloyati

Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Z.Ishpulatov, Amu-Qashqadaryo xavza boshqarmasi boshlig‘i F.Siddiqov, viloyat xokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslaxatchisi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori O‘.Qahhorovlar Qashqadaryo viloyatining Koson va Mirishkor tumanlarida bo‘lib, Qishloq va Suv xo‘jaligi soxasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Viloyatning ushbu tumanlarida suv tanqisligi dolzarb masala hisoblanadi. Buni oldini olish uchun viloyatda tizimli ravishda kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, suv tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish, mavjud sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, tuproq o‘zanli kanallarni loyqalardan tozalash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ish samaradorligini oshirish, kerakli vaqtda kerakli miqdordagi suvni kerakli joyga yetkazish mexanizmini yaratish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.

Viloyatda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Gidromelioratsiya, Geodeziya va geoinformatika, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlari talabalarining  amaliyotini dual ta’lim tizimi asosida tashkil etishning “Reja grafiklari” ishlab chiqildi.