O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan
29.04.2026
Qashqadaryo
viloyati
Qishloq
va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Z.Ishpulatov,
Amu-Qashqadaryo xavza boshqarmasi boshlig‘i F.Siddiqov, viloyat xokimining Qishloq va suv
xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslaxatchisi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
dotsenti, texnika fanlari doktori O‘.Qahhorovlar Qashqadaryo viloyatining Koson va Mirishkor
tumanlarida bo‘lib, Qishloq va Suv xo‘jaligi soxasida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan tanishishdi.
Viloyatning ushbu tumanlarida suv tanqisligi dolzarb masala hisoblanadi. Buni oldini olish uchun viloyatda tizimli ravishda kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, suv tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish, mavjud sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, tuproq o‘zanli kanallarni loyqalardan tozalash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ish samaradorligini oshirish, kerakli vaqtda kerakli miqdordagi suvni kerakli joyga yetkazish mexanizmini yaratish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.
Viloyatda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Gidromelioratsiya, Geodeziya va geoinformatika, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlari talabalarining amaliyotini dual ta’lim tizimi asosida tashkil etishning “Reja grafiklari” ishlab chiqildi.