“Men ham chempion bo‘laman!” — Energetika fakultetida dekan kubogi musobaqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

19.09.2026

#Sport

Sport - bu nafaqat g‘alaba, balki matonat, jamoaviylik va o‘z kuchiga ishonch timsolidir!

2026-yil 17–18 sentyabr kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Men ham chempion bo‘laman...!” shiori ostida Dekan kubogi musobaqalari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ikki kun davomida Energetika fakultetining sportsevar va shijoatli talabalari mini-futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Ayniqsa, musobaqalar davomida talabalarning yuksak intilishi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi, jamoaviy hamjihatligi va haqiqiy sportga xos raqobat muhiti barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Musobaqalarning har bir yo‘nalishi Energetika fakultetida sportga bo‘lgan e’tibor, talaba-yoshlarning tashabbuskorligi va sog‘lom raqobat muhiti tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Dekan kubogi nafaqat sport musobaqasi, balki fakultet talabalarini bir maqsad — sog‘lom, faol va har qanday sinovga tayyor avlodni shakllantirish yo‘lida birlashtirgan katta tadbirga aylandi.

 “Men ham chempion bo‘laman...!”

Bu shior — shunchaki musobaqa nomi emas. Bu har bir talaba qalbidagi g‘oliblikka intilish, o‘z ustida ishlash va “men uddalay olaman!” degan ishonchning ifodasidir.

Energetika fakultetida esa chempionlar uchun kurash davom etadi!

Zero, bugungi maydon qahramonlari — ertangi kunning buyuk mutaxassislari!

 Energetika fakulteti — ilmda kuch, sportda shijoat, hayotda g‘alaba!