Shartnoma narxlari
2026-2027 oʻquv yili uchun “Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti mahalliy talabalari uchun shartnoma summalari
Xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida
Universitetda tahsil olayotgan xorijiy fuqarolar uchun ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, o‘quv jarayonini tashkil etish, universitetning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, axborot-resurs hamda boshqa infratuzilma imkoniyatlaridan foydalanishni inobatga olgan holda, 2026/2027-o‘quv yili uchun bir yillik to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha belgilangan:
- - bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) — MDH davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari uchun 1 800 AQSh dollari, boshqa xorijiy davlatlar fuqarolari uchun 2 000 AQSh dollari;
- - magistratura — MDH davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari uchun 2 000 AQSh dollari, boshqa xorijiy davlatlar fuqarolari uchun 2 500 AQSh dollari;
- - doktorantura — barcha xorijiy fuqarolar uchun 2 500 AQSh dollari.
To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov amalga oshirilgan kundagi rasmiy valyuta kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Izoh: yotoqxonada yashash uchun to‘lov ta’lim uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasiga kirmaydi va yotoqxonadan foydalangan taqdirda alohida to‘lanadi.